Fayzullaevga “Monako” qiziqayotganiga munosabat bildirildi!

  • 3 dekabr, 2024, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olamida qishki transfer oynasi yaqinlashgani sari o‘zbek futbolchilari atrofidagi transfer yangiliklari ham ko‘payib qoldi.

Tecno

Xususan, Evropaning “top-5” ligalari klublari o‘zbekistonlik charm to‘p ustalariga e’tibor qaratayotgani ham muxlislarimizni quvontirmoqda. Xususan, joriy mavsum boshidan beri “Lans”dagi hamyurtimiz Abduqodir Husanovga oid xabarlar tingani yo‘q.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli himoyachimizga “Pari Sen-Jermen”, “Marsel”, “Tottenxem”, “Everton”, “Arsenal”, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Bayer”, “Atletiko Madrid” kabi mashhur klublar og‘iz solmoqda va lansliklar bu transferdan 30 million evro ishlab olmoqchi ekani aytilmoqda.

Endi TsSKA etakchisiga aylangan Abbosbek Fayzullaevning nomi ham transfer yangiliklarida paydo bo‘la boshladi. Bir necha manbalar 21 yoshli hujumkor futbolchiga jahon futboliga Kilian Mbappedek yulduzni tarbiyalab bergan “Monako” jiddiy qiziqayotgani haqida bong ura boshladi. Ularning yozishicha, frantsiyaliklar O‘zbekiston milliy terma jamoasida porlayotgan o‘yinchi uchun 15 million evro to‘lashni rejalashtirgan.

Bu yangiliklarga Rossiya futboli ekspertlari va muxlislari ham o‘z munosabatini bildira boshladi.

Xususan, TsSKAning sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov bu borada o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Monako” Abbosbek Fayzullaev uchun juda yaxshi variant. O‘zbek futbolchisi bu jamoada o‘ynab keta oladi, deb o‘ylayman, chunki buning uchun Abbosda hamma imkoniyat etarli.

Qolaversa, Fayzullaev “Monako”da Aleksandr Golovin bilan yaxshi o‘ynab ketishiga ham ishonchim komil.

Fayzullaevga Rossiya Premer-ligasida har doim ham oson bo‘layotgani yo‘q. Chunki chempionatimizda to‘qnashuv va qo‘pollik ko‘p. Agar Frantsiyaga o‘tsa, u erda uning oyog‘iga bu qadar ko‘p tepishmaydi. Osonroq bo‘ladi.

Fayzullaev – aqlli, iste’dodli futbolchi. “Monako”ga bunaqa o‘yinchilar kerak. Abbosbek Evropa klublari e’tiborini o‘ziga jalb eta oladi. Biroq, TsSKA uni “Monako”ga qo‘yib yuborsa, yaxshi futbolchisini yo‘qotadi, - dedi Vladimir Ponomaryov.

Shuningdek, TsSKA klubining muxlislari ham ijtimoiy tarmoqlarda Fayzullaev transferini muhokama qila boshladi. Munosabatlar bilan tanishing:

Anonymous:

Abbos jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi, 15 million evro unga mos narx. Klub bu narxga uni qo‘yib yuboradi.

Custofool:

Bu yigit o‘z o‘yini bilan bunaqa e’tiborga loyiq.

Lad:

Bunaqa o‘yin bilan “armiyachilar” oltinchi qatordan tepaga ko‘tarila olmayapti. Agar o‘zbek futbolchisini qo‘yib yuborsa, jamoa yana bir necha pog‘ona pastlaydi. Biroq 15 million evrosha bir necha iste’dodli o‘yinchilarni olib, jamoani va raqobatni yanada kuchaytirish imkoni oshadi.

Osbourne:

TsSKA bu narxga uni “Monako”gacha shaxsan kuzatib qo‘yishi kerak.

Polo:

Agar Fayzullaevni yanvarda qo‘yib yuborishsa, jamoa chempionatni musobaqa jadvalining ikkinchi qismida yakunlaydi. Shundoq ham “armiyachilar” hujum chizig‘ida ko‘p ham qoyillatayotgani yo‘q.

Smotryaщiy:

TsSKA Fayzullaevni qishki transferlar vaqtida qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lmasa kerak.

Oskol:

TsSKA Fayzullaevni transfer qilsa, o‘rniga boshqa o‘yinchi olmaydi.

Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaev aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. TsSKA uni 2023 yilning avgustida 500 ming evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.

Legionerga aylanganidan beri yorqin o‘yin ko‘rsatib kelayotgan Abbosbekning transfer summasi 6 million evroga etdi va yana oshishi kutilmoqda.

Fayzullaev muxlislari o‘qisin: Abbosga yordam beraylik!

The Telegraph: Husanovga Angliyadan 7 klub xaridor, ikkitasi transferni yanvarda hal qilmoqchi!

Raneridan syurpriz yoki jarohatdan qaytgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar

Hamma shokda: Shomurodov bilan o‘ynagan futbolchi uchrashuvda yuragi to‘xtab, maydonga yiqildi! (foto)

Evropa superklubi Husanov transferi bo‘yicha ish boshladi. Yanvarda yangilik bo‘ladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!