Fayzullaevga Ispaniyadan zo‘r jamoa chiqdi. Transfer tez orada hal bo‘lishi kutilmoqda!

  • 14 iyun, 2024, 22:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasidagi debyut mavsumini yuqoridagi saviyada o‘tkazgan Abbosbek Fayzullaevning Evropa top-ligalariga o‘tish imkoniyatini juda ko‘p muhokama qilinmoqda.

Tecno

20 yoshli futbolchining o‘zi bir necha marotaba “armiyachilar” bilan amaldagi shartnomasi borligini, kelasi mavsum TsSKA safida Rossiya Premer-ligasi g‘olibligi uchun kurashishini ta’kidlagan edi.

Bu gaplar legionerimizning kelasi mavsumni poytaxt klubida o‘tkazishidan dalolat beradi.  

Biroq TsSKAda Abbosbek Fayzullaevga imkoniyat berib kelgan va jamoaning asosiy futbolchisiga aylantirgan bosh murabbiy Vladimir Fedotovning iste’foga chiqarilishi vaziyatni o‘zgartirgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

TsSKA yangi  bosh murabbiy etib, serbiyalik mutaxassis Marko Nikolichni tayinladi. E’tiborli jihati shundaki, Marko Nikolich ikki yil muqaddam Moskvaning boshqa klubi – “Lokomotiv”ni boshqargan edi. O‘shanda “temiryo‘lchilar” o‘zbekistonlik iqtidor egasi Jasur Jaloliddinovni mavsumni ilk transferi sifatida olib kelgandi.

Aksiga olib, Marko Nikolich o‘zbek futbolchisiga biror marotaba o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bermadi. Jasur Jaloliddinov “Lokomotiv” safid Premer-ligada debyut qila olmagandi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Abbosbek Fayzullaevga Ispaniya La Ligasi vakili “Vilyarreal” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bir necha manbalar, xususan, GoSport telegram kanali tomonlar transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgani hamda bu masala iyun oyi oxirigacha hal etilishini ta’kidlamoqda.

Rossiya Premer-ligasidan tashqari, O‘zbekiston terma jamoalari safida xalqaro miqyosda ham o‘zini ko‘rsatib kelayotgan Abbosbek Fayzullaevni Germaniyaning “Bavariya” va Italiyaning “Parma” jamoalari ham kuzatib borayotgani haqida axborotlar tarqatilgandi.

Abbosning o‘zi o‘yin uslubi ispan futboliga mos tushishidan kelib chiqib, orzusi La Ligada o‘ynash ekanini ham bir necha intervyularida e’tirof etgan.

Fayzullaev bugungi kunda Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda TsSKA safida 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist muallifi bo‘lgan hujumkor futbolchimiz Transfermarkt portali tomonidan 6 million evroga baholanmoqda.

“Roma”: Shomurodov bo‘yicha yangi variant!

Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...

Legionerimiz turklarni qanday hayratga soldi?

O‘zbek futbolchisi ham Evropa kuchli ligalarida porlashi mumkin!

Parmalive.com: Fayzullaevga Evropadan qiziqish ortyapti, narxi yana oshadi!

Fayzullaevning narxi keskin ko‘tarildi! Bu xaridorlarga ta’sir qiladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!