Fayzullaev supergol urib, yubiley g‘alabani ta’minladi

  • 7 aprel, 2024, 18:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining 23-turida TsSKA futbolchilari o‘z maydonida “Fakel” jamoasini qabul qildi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, Premer-liganing birinchi qismida asosiy kashfiyot sifatida e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullaev qishki tanaffusdan keyin bir necha marotaba zaxirada qolib ketgani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini biroz xavotirga solib qo‘ygandi.

“Armiyachilar” bosh murabbiyi Vladimir Fedotov bu holatni emotsional tayyorgarlik bilan izohlagan edi.  

20 yoshli hujumkor futbolchimiz bu gal boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. TsSKA hujumkor o‘yin ko‘rsatdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Tamerlan Musaev hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin mezbonlar bosimni yanada kuchaytirdi.

Uchrashuv boshlanganida roppa-rosa bir soat bo‘lgan pallada Ivan Oblyakov “armiyachilar”ning ikkinchi golini urib,  hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.

Bellashuvning 75-daqiqasida katta sahnaga Abbosbk Fayzullaev chiqdi. Raqib jarima maydonchasi tashqarisidan Tamerlan Musaevdan to‘pni qabul qilib olgan legionerimiz darvozaga shiddat bilan yaqinlashdi va aldamchi harakatlar bilan himoyachini chalg‘itib, ajoyib zarba bilan chiroyli gol urdi.

 Abbosning goli amalda uchrashuv g‘olibini aniqladi. Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa bittadan to‘p kiritdi. Moskvaliklardan Fyodor Chalov o‘z hisobiga bitta aniq zarba yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Vasiliy Cherov yagona javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, TsSKA 4:1 hisobida yirik g‘alaba qozondi. Bu "armiyachilar"ning Rossiya chempionatlari tarixidagi 100-yirik g‘alabasi sifatida qayd etildi. 

Ta’kidlash joizki, “armiyachilar” keyingi paytda Premer-ligada g‘alaba qozonishga qiynalayotgan edi. Vladimir Fyodotov shogirdlari 2024 yil hisobidan to‘rtta bahsdan ikkitasida ochko yo‘qotgandi.

Qizig‘i shundaki, TsSKA ochko yo‘qotilgan “Orenburg” va “Sochi”ga qarshi uchrashuvlarda hisobda oldinda borib, oxirida g‘alabani qo‘ldan chiqargan edi.

Bu g‘alabadan keyin moskvalik “armiyachilar” yuqori o‘rinlar uchun kurashga qaytdi.

Abbosbek Fayzullaev ham statistik ko‘rsatkichlarini yaxshilab oldi. Legionerimiz  Premer-ligadagi uchinchi golini kiritdi. Umumiy hisobda Fayzullaev TsSKAga ko‘chib o‘tganidan beri jami 23 ta bahsda qatnashib, uchta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

TsSKA navbatdagi uchrashuvini 13 aprel kuni asosiy raqobatchilaridan biri “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Moskva shahrida, lekin raqib maydonida bo‘ladi.

Shomurodov boshqa darajadagi futbolchi. Eldorga yuqori baho berishdi!

Legionerimiz “sir”ni ochmadiO‘zbekiston hali hech kimga nasib qilmagan ishni uddalashi kerak

Shomurodovga imkon berilmayapti

Hasanboy Do‘smatov “dahshatli” reytingda birinchi!

Madrimovni mashhur bokschi ringga chaqiryapti. U Isroilning chempionlik kamariga ko‘z tikdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!