Fayzullaev Evropaga ketishiga nimalar to‘siq bo‘layotgani aytildi

  • 1 may, 21:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev uchun TsSKAdagi joriy mavsum biroz murakkab o‘tmoqda. 2023 yili “Paxtakor”dan TsSKAga o‘tganidan keyin qisqa fursatda “armiyachilar” etakchisiga aylangan legionerimiz yaqingacha jamoa hujumlarini tashkil etishda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib kelayotgan edi.

Tecno

Biroq 2025 yildan boshlab, Abbosning samaradorligi sazilarli darajada tushib ketdi. Rossiya futboli tahlilchilari Evropaga ketish orzusidagi futbolchimiz qanday vaziyatga duch kelgani va nimalar qilishi kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildiryapti.

Sports.uz portali rossiyalik ekspertlarning Abbosbek Fayzullaev haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Aleksek Petrushin, “Dinamo Moskva” klubi sobiq murabbiyi:

Sal qo‘pol bo‘lsa ham aytaman, Fayzullaev keyingi paytda biroz bo‘shashdi. Chunki u romb shaklidagi yangi o‘yin uslubiga ko‘nikishiga to‘g‘ri kelyapti. Mashhur “milancha romb” sxemasi bo‘yicha buyuk futbol ustalari o‘ynardi, Abbos esa, bu yangilikka moslashib olishi kerak. Shunga qaramay, Abbos juda qiziqarli o‘yinchi.

Boshqa tomondan Fayzullaevning kuch-quvvati ham chegarasiz emas, terma jamoada juda ko‘p o‘yin o‘tkazyapti. Abbos  yosh, lekin u ham charchaydi.

Pasayish faqat unda emas, TsSKAning boshqa o‘yinchilarida ham kuzatilyapti. Masalan, Ivan Oblyakov “Spartak” bilan o‘yinning ikkinchi bo‘limida charchab qolganini va zo‘rg‘a nafas olayotganini ko‘rdik.

Evgeniy Aldonin, TsSKA sobiq futbolchisi:

Ko‘pchilik bosh murabbiy Marko Nikolich o‘zi qo‘llayotgan romb usulida Abbosbek Fayzullaevga mos joy topib berolmayapti, deyapti. Aslida bu Nikolich yoki Fayzullaevning muammosi emas. Romb – tez o‘zgarishi va almashishi mumkin bo‘lgan o‘yin sxemasi. Uchrashuvlar davomida TsSKA uslubi ko‘p o‘zgaryapti.

Fayzullaev TsSKAga to‘g‘ri kelmay qoldi, deyish noto‘g‘ri. Bu o‘zgarishlar o‘sish va rivojlanish uchun turtki bo‘ladi.

Abbos maqsad sari intiladigan o‘yinchi. U nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ygan. Har bir murabbiyning o‘z qarashlari bor. Futbolchilar esa, har doim uchrashuvlarda qatnashishga tayyorligini muntazam namoyish etishi talab qilinadi. Sen agar jamoa etakchisi bo‘lsang, o‘zingni ko‘rsat va murabbiy ishonchini qozon!

Aleksandr Grishin, TsSKA sobiq futbolchisi:

Agar futbolchi yaxshi o‘ynasa, darrov Evropadan qiziqish bo‘layotgani haqida gap-so‘zlar chiqa boshlaydi. Istagancha gapirishingiz mumkin. Xususan, Abbosbek Fayzullaev bo‘yicha aniq takliflar bor-yo‘qligini hech birimiz aniq bilmaymiz.

Bu masalani transfer amalga oshganidan keyin har qancha tahlil qilsak arziydi. Ungacha hammasi quruq gap bo‘lib qolaveradi. Lekin masalaning ikkinchi tomoni bor. Matvey Safonov PSJga o‘tdi. Uning top-ligaga ketishi haqida yozishganida hech kim ishonmagan edi.

Fayzullaev muxlislar mehrini qozongan eng yorqin o‘yinlarini yana namoyish qilishni boshlashi kerak. Abbosni qaerga transfer qilish yoki klubda olib qolish masalasi keyin muhokama qilinadi. Fayzullaevning ayni paytdagi o‘yini uni Evropaga ketishga yaqinlashtira olmaydi.

Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning avgustida TsSKA safiga qo‘shilganidan beri Rossiya  Premer-ligasi va mamlakat kubogi musobaqalarida jami 65 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga sakkizta gol va 21 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Shuningdek, 21 yoshli hujumkor futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida xalqaro miqyosdagi 25 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan.

Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan transfer summasi sakkiz million evroga baholanayotgan Abbosbek Fayzullaevning TsSKA bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etishi belgilab qo‘yilgan. 

“Manchester Siti” afsonasi Husanovning ketishiga qarshi!

Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi

Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!

O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!