Fayzullaev bo‘yicha “Bavariya”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi: Taniqli agent masalaga oydinlik kiritdi!

  • 4 iyul, 2024, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va TsSKA hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning Evropaning kuchli ligalariga ketishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar bir necha oylardan beri to‘xtagani yo‘q.

Tecno

20 yoshli futbolchimiz Rossiya Premer-ligasida va O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli o‘ynaganidan keyin unga Bundesliga grandi “Bavariya”dan qiziqish bo‘layotgani haqida axborotlar tarqatilgan edi.

Evropaning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Bavariya”ning o‘zbek futbolchisiga qiziqqani rostmi?

Haqiqatan ham, myunxenliklar Fayzullaev bo‘yicha murojaat qilganmi?

Bu masalaga taniqli futbol agenti German Tkachenko javob berdi va masalaga oydinlik kiritib o‘tdi.

- “Bavariya” Abbosbek Fayzullaev masalasida telefon qildi, lekin ular uni darrov sotib olish uchun bog‘langani yo‘q.

Shunchaki, ular o‘yinchining maqomini tekshirib ko‘rdi, chunki Fayzullaevning ularning skautlik bazasiga kiritilgan. Ular shartnoma holati, qancha turishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirib oldi.

Abbosning nomi ularning skautlik bazasida bor, lekin kimlardir voqealar rivojidan oldinga o‘tib, vaziyatni jiddiy qiziqish sifatida baholadi, ammo holat bunday emas, - dedi German Tkachenko.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”  tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumkor futbolchimiz o‘tgan yili avgust oyida TsSKAga ko‘chib o‘tgandi. Bu transfer toshkentliklarga 500 ming evro olib keldi.

Fayzullaev “sherlar” safida ikki yil davomida 41 ta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol va uchta assist muallifi bo‘lgan.

Rossiyadagi debyut mavsumida iste’dodli legionerimiz  TsSKA uchun 32 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va 14 assist qayd etdi. Abbosning transfer summasi bir necha baravar ko‘tarilib, ayni paytda 6 million evroni tashkil qilmoqda. Bu borada Fayzullaev Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fayzullaev Parij Olimpiadasida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Futbolchilarimiz musobaqadagi ishtirokini  24 iyul kuni Ispaniya olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘yindan boshlaydi. Timur Kopadze shogirdlari 27 iyulda Misr va 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Abbosbek Fayzullaev 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoada asosiy figuralardan hisoblanadi. Legionerimiz ushbu jamoa safida 14 ta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.

Legionerlarimiz: Yaxshiboevning ishlari yaxshi, qolganlarchi?

Xaridor Shomurodovni olish bo‘yicha aniq reja tuzib qo‘ydi

TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?
Fayzullaev qo‘ldan chiqyapti yoxud Abbosbek va “Vilyarreal” masalasiga Italiyadan qanday munosabat bo‘ldi?

O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!