
Farhod Nishonov: "Biz bu uchrashuvda g‘alaba qozonishni maqsad qilgan edik"
O‘zbekiston U20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Eronga qarshi bahsdan so‘ng bo‘lib o‘tgan bellashuv, chorak finaldagi raqib va O‘rinboevning zaxirada qoldirilishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun g‘alaba qozonmoqchi edik, biroq xatolarimiz tufayli mag‘lub bo‘ldik. Bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgandik, shu sababli tarkibda o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘yin natijasidan ko‘nglim to‘lmadi, bu o‘yinda g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik.
Keyingi bosqichda bizga kim raqib bo‘lishi ertaga ma’lum bo‘ladi. Ertaga raqibimiz kim bo‘lishini bilgach, shunga qarab reja bo‘yicha tayyorgarlik ko‘ramiz.
O‘rinboevda kichik jarohat bor edi va shu sababli asosiy tarkibda maydonga tushirmadik. Keyingi bosqichga qadar to‘liq tiklanishini reja qilgandik.
Eronga omad tilayman, yaxshi jamoa. Biz kutgandek qarshilik ko‘rsatdi. O‘zining imkoniyatini kutdi va undan foydalandi" - deya ta’rif berib o‘tdi.
Fikrlar