
Farg‘ona viloyat hokim kubogi doirasida final o‘yini yakuniga etdi
Farg‘ona viloyat hokim kubogi doirasida final uchrashuvi yakunlandi. Hal qiluvchi bahsda "Qo‘qon-1912" jamoasi "Andijon-SGS" klubiga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan bellashuv Pro-liga vakilining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Shu tariqa, "shunqorlar" 2023 yilgi Farg‘ona viloyat hokim kubogida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
3-o‘rin uchun kechgan bahsda "Neftchi" U-21 jamoasi "Zomin" klubini 2:1 hisobida engib, bronza medallarga ega chiqdi.
Fikrlar