
Faqat mehmonda gol uradigan futbolchi paydo bo‘ldi
Frantsiya chempionatining uchinchi turida Nant shahridagi “Bojuar” stadionida mahalliy “Nant” jamoasi “Monako” futbolchilarini qabul qildi.
Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi. “Monako”ni mag‘lubiyatdan 85-daqiqada maydonga tushgan Mayron Boadu qutqarib qoldi.
Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganidan keyin uch daqiqa o‘tib, Boadu hisobni tenglashtirgan gol muallifi bo‘ldi.
Qizig‘i shundaki, bu Boaduning Frantsiya chempionatidagi sakkizinchi goli bo‘ldi. 22 yoshli Niderlandiyalik hujumchi gollarining hammasi safar uchrashuvlarida kiritgan. U biror marta “Monako”ning uy o‘yinlarida raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagan va mana shunaqa natija qayd etgan Frantsiya chempionatidagi yagona o‘yinchi hisoblanadi.
Fikrlar