Falastin bosh murabbiyi: Ertaga g‘alaba qozonsak, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolamiz

  • 18 noyabr, 2019, 17:45
  • Bekzod Isayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu bellashuv oldidan bugun ikki jamoa murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mehmonlar ustozi Nuriddin Ould Ali ishtirok etdi.

Tecno

- Ertangi uchrashuv ikki jamoa uchun ham juda muhim. Ikki jamoa ham oldingi turdagi mag‘lubiyatni unitishga harakat qiladi. Ertaga 2 jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushadi va jamoalar keyingi bosqichga o‘tishga intiladi. Lekin o‘yin qiyin o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi juda kuchli. Birinchi o‘yinda g‘alaba qozonganmiz. Endi ham raqibning kuchliligini bilgan holda 3 ochkoni qo‘lga kiritishga intilamiz. Shuning uchun ertaga haqiqiy jang bo‘ladi deb o‘ylayman.

O‘zbekiston terma jamoasi uyda o‘ynashi ustunlik beradi. Ularda murabbiy almashdi, lekin futbolchilar o‘sha-o‘sha. Hozirgi kunda hamma terma jamoa bir-biri haqida ma’lumotga ega. Nimanidir yashirish qiyin. Bo‘lajak raqibimizning eng kuchli jihatlari va futbolchilarini yaxshi bilamiz. O‘zimiz ertaga oxirgi uchrashuvimizdan-da yaxshiroq o‘yin namoyish etishga urinamiz. Ertangi maqsadimiz faqat 3 ochko. Shundagina keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolamiz. 

Tabiiy maydonda o‘ynash bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q. Maydonning holati yaxshi bo‘lsa biz tayyormiz. Ertangi o‘yinga har tomonlama tayyor bo‘lishimiz lozim. 

Ayni paytda biz O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir xil holatdamiz. Shuning uchun bizni ertaga faqat g‘alaba qoniqtiradi. Lekin raqibimiz kuchliligi uchun ertaga 3 ochkoni jamg‘arishimiz qiyin bo‘ladi.

Biz O‘zbekistonga ertaroq keldik. Chunki ob-havoga ko‘nikish uchun. Mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Shuning uchun ob-havo muammo bo‘lmaydi, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
18/11/2019 18:51
Шу кунларгаям кеп қопмиз фаластин ӯзига тенг рақиб деб билаяпти йиғлаш керак бунга кулмоқлик емас
Амир Ахмет
18/11/2019 19:03
Фаластин хам куркмайаптия
&
Yusufjon9012
18/11/2019 20:03
O'zi aslida shunday bo'lish kerak bu komanda kuchli deb maydonga tushgan fudbolchilar o'ziga ishonmaydi shuning raqib kuchli bo'lsaham yutamiz deb ruhiyatni ko'tarish kerak shunda kuchli raqibga qarshi o'yinda sensatsion natija ko'rsatish mumkin!
&
Yusufjon9012
18/11/2019 20:04
O'zi aslida shunday bo'lish kerak bu komanda kuchli deb maydonga tushgan fudbolchilar o'ziga ishonmaydi shuning uchun raqib kuchli bo'lsaham yutamiz deb ruhiyatni ko'tarish kerak shunda kuchli raqibga qarshi o'yinda sensatsion natija ko'rsatish mumkin!
Амир Ахмет
19/11/2019 12:42
Саудия билан булган уйин ёкди лекин факат химояда муаммо куп
&
ОЗИМИЗ
19/11/2019 04:22
Ха азизлар биздан орта миона камандалар коркмай уч очкони козлайабди бу аламли бу кетишда пакат пахтакор лидир болиб колганлар 10 /15 очко колиб юрса чепинатимиз савияси тушиб эртага АВГОНИСТОН ХИНДИСТОН ХАМ УЧ АЧКОНИ ГАПИРАДИГАН БОЛАДИ КОРКМАЙ БУНИНГ УЧУН ЧЕПИОНАТИМИЗ САВИЯСИНИ КУЧАЙТИРИШ КЕРАК НОМИ ЛИГОНЕ ЭМАС ПУЛИГА АРЗИДИГАН ОЙИНЧИЛАР БОЛСА ШУНДА БИЗ Ж/Ч га чикамиз болмаса шундай юрорамиз. АБРАМОВ ЗОР ОЙНАТИ ЛЕКИН ВАЗИЯТДАН ФОЙДАЛАНИШДА ЭПЛАЙ ОЛМАДИК ШУНИГ УЧУН ЮТКАЗДИК

&
LEGIONER
18/11/2019 20:58
Chopon o'zgarib lekin qo'ylar o'sha-o'shaligini bu ham bilarkan
Абдусамат Жураев
18/11/2019 20:29
Дарбозабон Суюновни зур деяпти Фаластин мурабий Атайин кучли деяпти шундок деса шу тишунни куйади деб биладида тишулигини Суюновни фаластиндаям 2 сааваганмиз деб бу тишукка хитри мурабий экан
Shaxboz Bekmurodov
18/11/2019 19:49
Fikir bildirishni ham o‘yin natijasini bilishni ham hohlamayman
&
AzizXudoyberdiyev
18/11/2019 18:12
Tushunmadim Falastinni biz bilan tenglashtiryaptimi ertaga hammasini ko'ramiz kim aslida kim
&
BBS UZB
18/11/2019 18:10
Har qancha mag'rurlanmaylik futbol (jamoaviy o'yinlar) biz uchun emas
&
AzizXudoyberdiyev
18/11/2019 18:13
Yaxwi niyat qilish kerak bir kun kelib jamoaviy o'yinlarimoz ham kuchayadi