Fakt! "Surxon" AGMKni atigi bir marta mag‘lub etgan

  • 31 mart, 2022, 14:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Roppa-rosa 3 haftalik tanaffusdan keyin ichki chempionat o‘yinlari qaytmoqda. AGMKning Samarqandda "Surxon"ga qarshi bo‘lajak bahsi Superliga 4-tur doirasida o‘tkaziladi.

Tecno

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yin tarixi qisqa va bu 2019 yilgi futbol mavsumidan boshlandi. Hozirga qadar olmaliqliklar termizliklar bilan 6 marotaba to‘qnash kelgan. 2019 yilgi mavsum Olmaliqda kechgan o‘yinda Jo‘raev va Shixovning gollari AGMKga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, Termizda Ismoilovning goli “Surxon”ni g‘olib qilgandi.

O‘tgan mavsum birinchi davra doirasidagi bahsda esa Amanovning jarimadan kiritgan goli AGMKga g‘alaba keltirgandi. Termizda esa Bubanyaning avtogoli AGMKga g‘alaba keltirgan. O‘tgan yilgi o‘yinlarda esa Termizda Jokich va Olmaliqda Ahmadalievning gollari "Surxon" ustidan g‘alabani ta’minlagan.

O‘zaro o‘yinlarda AGMKda 5 g‘alaba va "Surxon"da 1 yutuq mavjud. 

O‘yinni Shavkat Nasibullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Uchrashuv 1 aprel kuni Samarqanddagi "Dinamo" stadionida soat 18:30da boshlanadi.

AGMK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!