FAKT! "So‘g‘diyona" Superligadagi so‘nggi 11 o‘yinida birorta g‘alaba qayd eta olmadi (foto)

  • 15 noyabr, 2022, 18:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 2022 yilgi mavsumi ham yakuniga etdi. Shiddatli kechgan musobaqa oxirida Toshkentning "Paxtakor" klubi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Biz sizga yakunlangan chempionat statistikalarini taqdim etishni davom ettiramiz.

Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi ikkinchi davrada juda ko‘p ochko yo‘qotdi. "Bo‘rilar" Superliganing so‘nggi 11 bahsida 4 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etgan. 

Klub oxirgi marta 15-tur doirasida Samarqandda "Dinamo"ni mag‘lub etgandi - 2:1. Shundan so‘ng jizzaxliklar g‘alaba nimaligini unutib qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida, 6 noyabr kuni "So‘g‘diyona" bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoevni iste’foga chiqargandi.

so‘g‘d

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!