
FAKT! "Qo‘qon-1912" Muborakdagi o‘yinlarda "Mash’al"ni bir marta mag‘lub etgan xolos
Bugun Muborak shahrida Superliga 5-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Bahrom Vafoev” o‘yingohida tashkil etiladigan bellashuv soat 17:00da start oladi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati mazkur bahs oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarini taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 14 marta to‘qnash kelishgan. “Mash’al” o‘yinlarning 7 tasida zafar quchgan, 4 ta bahsda qo‘qonliklar muvaffaqiyat qozongan. 3 uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar farqi – 23-15, “Mash’al” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Mash’al” 24 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 15 tani tashkil etadi.
Muborakda o‘tgan barcha uchrashuvlar:
22.10.2020 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 1:2
14.04.2017 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 1:1
26.06.2016 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 2:0
25.04.2015 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 3:0
20.09.2003 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 3:2
02.11.2002 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 2:0
15.04.1995 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 2:0
Superliga, 5-tur
MASh’AL – QO‘QON-1912
Hakamlar: Vadim Agishev, Ruslan Serazitdinov, Rishat Nugmanov, Shohruh Qayumov
Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov
Komissar: Sherzod Rajabov
Fikrlar