
FAKT! "Dinamo" 13 yildan so‘ng Samarqandda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi
"Dinamo" 13 yil o‘tib, Samarqandda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi. Samarqand klubi O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida "Paxtakor"ni mag‘lub etib, tarixiy natijani qayd etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand jamoasi o‘z maydonida so‘nggi marta 2010 yilda "Paxtakor" ustidan g‘alabaga erishgandi – 2:1. O‘sha uchrashuvda Sirojiddin Sayfiev va Erkin Boydullaevning gollari "Dinamo"ga g‘alaba keltirgandi.
Oradan 13 yil o‘tib, "Dinamo" ko‘hna shaharda amaldagi chempionni mag‘lub etdi. E’tiborlisi, 2010 yilda Erkin Boydullaev, Bahodir Nasimov va Salim Mustafoev tarkibda edi. Ular kechagi o‘yinda ham jamoa g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Fikrlar