Fabregas jamoani kuchaytirishni boshladi

  • 23 iyun, 2024, 14:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Komo" kelasi mavsumda A Seriyada ishtirok etishidan xabaringiz bor.  "Ko‘klar" o‘tgan mavsumda Italiya B Seriyasida 2-o‘rinni egalladi va yuqori ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Sesk Fabregas o‘tgan mavsumda "Komo"da yordamchi murabbiy bo‘lib ishladi, sobiq ispaniyalik futbolchi yangi mavsumdan klubning bosh murabbiyi bo‘ladi. Fabregas 2024/25 yilgi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishni boshladi. A Seriya debyutanti "Roma" hujumchisi Andrea Belotti bilan kelishuvga erishdi. Tez orada transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Belotti "bo‘rilar" safida o‘yin amaliyotisiz qolib ketgani uchun 2024 yilni ijarada o‘tkazgandi. 30 yoshli hujumchi 46 o‘yinda maydonga tushib, 10 gol kiritib, 2 golga hammualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!