
Evropaning yana ikki yulduzi Saudiya Arabistoniga otlanadi
“Borussiya”ning ikki yulduzi – Mats Xummels va Marko Roys joriy mavsum yakunlanishi bilan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.
Bu haqda jurnalist Ekrem Konur axborot tarqatdi.
Dortmundliklar aprel oyida uzoq davom etgan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlab, Marko Roys bilan bir yillik shartnoma tuzgandi. Endi 34 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashdan oldin pul ishlab olmoqchi.
Xummels aslida “bavariya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin 2008-2016 yillar davomida “Borussiya” uchun o‘ynagan. Orada uch mavsum “Bavariya”ga borib kelgan himoyachi, 2019 yildan buyon Dortmundda faoliyat yurityapti.
Fikrlar