
Evropadagi uchrashuvda 16 futbolchiga birdaniga ogohlantirildi
Chexiya havaskorlar ligasida qiziqarli voqea yuz berdi. Upagova shahri vakili “Sokol” futbolchilar adash jamoa – Libochovanning “Sokol” klubi futbolchilari bilan kuch sinashji.
Uchrashuvning 55-daqiqasiga kelib, o‘yinda 0:6 hisobida yutqazayotgan upagovaliklar birinchi javob to‘pini kiritdi. To‘p Martin Blijil hisobiga yozildi. Golni nishonlashdi jamoaning maydonda bo‘lgan va zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan jami 16 nafar futbolchisi futbolkalarini echdi.
O‘yinni boshqargan hakam ularning hammasiga sariq kartochka ko‘rsatdi.
Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Miroslav Bartosh jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi, bu gal hech kim futbolkasini echishga jazm eta olmadi.
Fikrlar