Evropadagi legionerimiz hali ortga qaytmaydigan bo‘ldi

  • 7 yanvar, 2022, 17:07
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionati o‘rtamiyonasi "Energetik-BGU" jamoasi safida harakat qilayotgan Bobir Abduxoliqov yana ancha qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, legionerimiz shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi. Uning o‘yinlari Belarus jamoasiga manzur kelmoqda. U klubga 2021 yilda ko‘chib o‘tgan edi.

Bu vaqt oralig‘ida vakilimiz 15 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. 

photo_2022-01-07_16-53-22

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!