
Evropada transfer oynasi yopildi
Bugun Evropada transfer oynasining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi va u o‘z nihoyasiga etdi.
Birinchi bo‘lib, Germaniyada Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da, Italiyada esa 01:00 transfer oynasi yopildi.
Ispaniya La Ligasi va Frantsiada Toshkent vaqti bilan soat 03:00 gacha transfer oynasi ochiq edi.
Eslatib o‘tamiz, transferning so‘nggi kunida eng qaynoq xaridlarni PSJ klubi amalga oshirdi.
Parijliklar Keylor Navas va Mauro Ikardini o‘z safiga qo‘shib oldi. "Roma" klubi esa Mxitaryanni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar