
Evropada engilmagan bir jamoa qoldi
Evropaning kuchli beshlik chempionatlari ishtirokichlari orasida joriy mavsumda faqatgina PSJ mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Aslida, A Seriya etakchisiga aylangan “Napoli” ham mag‘lubiyatsiz odimlayotgan edi. Lekin Luchano Spaletti shogirdlari Chempionlar ligasining guruh bosqichi oxirgi uchrashuvida “Liverpul”ga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.
PSJ futbolchilari esa joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 20 ta uchrashuv o‘tkazib, 16 ta g‘alaba va to‘rtta durang qayd etgan.
Xususan, parijliklar Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida Turinda “Yuventus”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar