
Evropa ligasi. "Chelsi" penaltilar seriyasida "Ayntraxt"ni engib, "Arsenal" bilan finalda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi
Bundan biroz avval UEFA Evropa ligasi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan “Chelsi” hamda “Ayntraxt” jamoalari bahsi yakunlandi.
Shiddatli kurashlar ostida kechgan uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobida durang bilan yakunangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad “aristokratlar”ga kulib boqda. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra aynan “Chelsi” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bahsda esa ular hamshaharlari “Arsenal”ga qarshi o‘ynashadi.
Fikrlar