
"Evro-2024" saralashi. Xorvatiya safarda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan Armaniston - Xorvatiya bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda xorvatlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Kramarich tomonidan 13-daqiqada kiritilgan gol Zlatko Dalich shogirdlariga 3 ochko keltirdi.
Ayni vaqtda Xorvatiya "D" guruhida 10 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 7 ochkosi bor Armaniston 3-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar