
"Evro-2024" saralashi. Portugaliya yirik hisobda g‘alaba qozondi, "Siti" va MYu futbolchilari gol urdi
"Evro-2024" saralashi "J" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Portugaliya - Bosniya va Gertsegovina termalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda portugallar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bruno Fernandesh dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Bernardu Silva ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Roberto Martines shogirdlari ayni damda 9 ochko bilan o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. 3 ochkosi bor Bosniya 4-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar