
"Evro-2020"da porlagan yangi yulduzga “Real”, “Barsa” va PSJ taklif yubordi
“Roma” himoyachisi Leonardo Spinatstsola kelasi mavsumni grand klublardan biri safida boshlash imkoniga ega bo‘ldi.
Manbalarning xabar berishicha, “Real”, “Barselona” va PSJ italiyalik futbolchining transfer ma’lumotlarini so‘rab, rimliklarga murojaat qilgan.
Evropa chempionatida o‘zini ko‘rsata olgan Spinatstsola musobaqa doirasida ikkita uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi.
28 yoshli futbolchi “Roma” tarkibida 2019 yildan beri o‘ynamoqda. Bungacha tajribali himoyachi “Atalanta”, “Peruja”, “Vichentsa”, “Siena”, “Virtus Lanchano”, “Empoli” va “Yuventus” kabi klublarda to‘p tepgan.
Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi va futbolchining transferi 26 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar