Evgeniy Popixin: Men ko‘plab g‘alabalarga erishganman va shu bois barcha tishlarim sun’iy

  • 8 yanvar, 2020, 17:05
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

- Hozirga qadar o‘ynagan raqiblarimiz orasida qarshi hujum borasida eng kuchli bo‘lgan klubga qarshi o‘ynadik. Birinchi davrda ular qarshi hujumdan qay tarzda foydalanib ketganligga o‘zingiz guvoh bo‘ldingiz. Kichik xato va chaqmoqdek tez qarshi hujum. Mazkur jamoani mag‘lub etganimizdan shodman. Yigitlarga rahmat aytaman. Muhim bo‘lgan 2 ochkoni qo‘lga kiritdik. Muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman: ajoyib shou, bolalar kelishdi, tribunada ham muxlislar soni ortib bormoqda. Barcha g‘alabani qozonishni istamoqda va oltinchi o‘yinchi bo‘lib, jamoamizni olg‘a boshlashmoqda. Buning uchun Toshkentga alohida rahmat.

Tecno

- Nima deb o‘ylaysiz, VXLda g‘olib chiqish uchun xokkeychining nechta tishi sinishi kerak?

- Men ikki marta Sobiq Ittifoq chempioni bo‘lganman va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqanman. Ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritgan, deyarli barcha tishlarim sun’iy.

- Bugun bundan ishonchliroq hisobda g‘alaba qozonish mumkin edi. Jamoaga nima etmadi?

- Bizga yaxshi murabbiyga ega, shakllangan jamoa qarshilik qildi. O‘yin xatogacha, golgacha bo‘ldi. Raqibda imkoniyat bo‘lganida Smiryagin bir necha bor qutqardi. Bizda esa son jihatdan ustunlikda imkoniyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Oxirida yigitlar g‘alabani tishlari bilan qo‘lga kiritishdi. Shunaqa.

- Pavel Zdunov do‘ppisini o‘zida saqlab qoldimi?

- Do‘ppi Artyom Voroninga topshirildi. U kiyim almashtirish xonasida ajoyib gaplarni aytdi. Mening ishimni bajardi. Shu bois uni munosib deb topdik.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!