
"Everton" "Liverpul" qiziqayotgan futbolchiga taklif yubordi
"Lion" forvardi Malik Fofana "Everton"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda. Ingliz klubi "olimpiyachilar"ga futbolchini 35 million evroga sotib olish bo‘yicha taklif yuborgan.
Avvalroq, 20 yoshli qanot hujumchisiga "Liverpul" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Angliyaning amaldagi chempioni belgiyalik futbolchini vinger Federiko Kezening o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 30 million evroni tashkil etadi.
O‘tgan mavsumda "Lion" hujumchisi barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar