Eto'o: Agar Xavi "Barselona"ga murabbiy bo‘lmasa, uni o‘ldiraman

  • 5 aprel, 2020, 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kamerunlik mashhur hujumchi Samyuel Eto'o “Al-Sadd”ni boshqarayotgan sobiq jamoadoshi Xavi haqida iliq fikrlarni bildirdi va uni "Barselona"ga bosh murabbiy bo‘lishga undadi.

Tecno

“2006 yilgi Chempionlar ligasi finalida Xavi xuddi Maradona, Messi va Ronalduning jamlanmasi singari o‘ynadi. Bundan avval Xavi men bilan o‘ynagan faoliyatimdagi eng zo‘r futbolchi deb aytganman. O‘shanda hamma nega Ronaldino yoki Messini aytmaganimdan hayron bo‘lgandi, ammo, keyinchalik vaqt men hakligimni ko‘rsatdi.

Agar Xavi “Barselona”ga murabbiy bo‘lmasa, men uni o‘ldiraman”, - deydi Eto'o.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!