
Etakchilarimiz bugungi mashg‘ulotlarga qo‘shildi (foto)
Milliy terma jamoamizning bugungi mashg‘ulotlari “Al Karameh” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Bu galgi mashg‘ulotlarda jamoa to‘liq tarkib bilan ishtirok etdi. Jamoa ixtiyoriga O‘tkir Yusupov, Aziz Amonov hamda Jaloliddin Masharipov kelib qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston termasi mazkur yig‘in doirasida 9 oktyabr sanasida Malayziyaga qarshi, 12 oktyabrda esa Iordaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.







Manba: O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar