
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga har oy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu galgi mashg‘ulotlar dastlab Toshkentda, keyin Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etildi.
Vadim Abramov shogirdlari yig‘in davomida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Hamyurtlarimiz dastlab, 12 noyabr kuni Suriya bilan kuch sinashsa, 17 noyabrda Iroqqa qarshi maydonga tushadi.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi mashg‘ulotlar 18 noyabrgacha davom etadi.
Fikrlar