Ertaga, bizni super janglar kutmoqda yoxud MMA jangchisi professional boksda debyut qiladi

  • 11 sentabr, 2020, 22:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ertaga, Rossiyaning Moskva viloyati Ximki shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Uning markaziy jangida ikkinchi o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) faoliyat yuritadigan rossiyalik Fyodor Chudinov (22-2, 15 KO) o‘zining WBA Gold kamarini britaniyalik bokschi Umar Sodiqdan (10-1, 6 KO) himoya qiladi.

Tecno

Shuningdek, yana bir o‘ziga xos voqelik - MMA olamidagi mashhur “Bellator” jangchisi Sergey Xaritonov professional boksda debyut qiladi. U o‘z vaqtida afsonaviy Mayk Taysonni nokautga uchratgan Denni Uilyamsga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bugun, ushbu jang avvalidagi vazn o‘lchash va ko‘z urishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xaritonov 127 kg, Uilyams esa 113 kg tosh bosdi.  Ushbu jang kechasini Rossiyaning “Ren TV” kanali jonli ravishda efirga uzatadi.

Xaritonov va Uilyams o‘rtasidagi jang 6 raund, Chudinov-Sodiq to‘qnashuvi 12 raund qilib belgilangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!