
Eronni JCh-2022dan chetlatish zarur
FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter Eronni Qatardagi jahon chempionatidan chetlashtirish kerak, deb hisoblanishini aytdi.
Bunday fikrga sabab politsiya tomonidan hibsga olingan ayolning o‘limi tufayli Islom Respublikasidagi ommaviy noroziliklardir.
"Eronni jahon chempionatidan chetlashtirish kerak. Agar men hali ham FIFA rahbari bo‘lganimda, albatta Eronni mundialdan chetlatgan bo‘lar edim", - deya Blatter so‘zlarini keltirmoqda "Blick" nashri.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ommaviy namoyishda qatnashgani sababli eronlik afsonaviy futbolchiga o‘lim jazosi berilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar