
Eron chempionati. O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi
Eron chempionati 26-turidan o‘rin olgan "Nassaji Mozandaron" - "Persepolis" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan Oston O‘runov jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Hamyurtimiz 6-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada super reyd uyushtirib, yana bir golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Tehron klubi o‘z ochkolari sonini 56 taga etkazib oldi va vaqtinchalik etakchiga aylanib oldi.
Fikrlar