Ermatov va Katanets ayollar terma jamoasi bilan uchrashdi

  • 15 sentabr, 2021, 13:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 17-25 sentyabr kunlari mamlakatimiz maydonlarida ayollar o‘rtasida Osiyo Kubogining saralash bosqichi o‘tkaziladi. Mazkur turnirda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi ham tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tecno

Bugun “Bunyodkor” akademiyasida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotiga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

o‘fa3

Bahrom Norsafarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. Tayyorgarlik jarayoniga zamonaviy yondashish, yangi texnologiyalarni jalb etish, sport tibbiyotiga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, futbolchilarimizning sharoitlari haqidagi fikrlari tinglandi. Ermatov ularga murojaat qilar ekan, ahillik, maydonda va undan tashqarida bir jamoa ekanligini his etish, terma jamoa safida “men” emas, balki “biz” degan so‘z ustuvor bo‘lishi zarurligini e’tirof etib, agar bunga amal qilinsa jahon miqyosida ham raqobat qila olishimizni aytib o‘tdi.

ayollar

Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ham ishtirok etdi. Sloveniyalik mutaxassis xalqaro tajribadan kelib chiqib o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov hamda futbol jamoatchiligi nomidan jamoamizga omad tiladi.

o‘fa

Ma’lumot o‘rnida, vakilalarimiz Janubiy Koreya va Mongoliya terma jamoalari bilan birga “E” guruhidan o‘rin olgan.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!