Erkin kurashchilarning zo‘ri kim?

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslarida erkin kurash bo‘yicha ilk g‘olib va sovrindorlar anqilandi.

Tecno

Kubok bellashuvlarining vazni 57 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchilar o‘rtasidagi final bahsida Husanboy Usmonov va Qarshi Usmonov o‘zaro raqobatlashdi. Unda Husanboy g‘olib chiqdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. Ushbu vazn toifasida Amirxon Tojimamatov va Asliddin Abdurasulov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Alik Xadartsev, Zafar Otaxonov, Bobur Islomov va Otabek Nazirboev kabi polvonlarimiz o‘z vazn toifalarida mamlakat kubogining oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Bugun, 7 may kuni erkin kurash bo‘yicha navbatdagi g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!