
Erkin kurash: Rashid Qurbonov bugun bronza uchun gilamga chiqadi
Sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida 79 kg vazndagi hamyurtimiz bugun, bronza medali uchun gilamga chiqadi. U kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda eronlik ham Armaniston vakilini mag‘lub etib, 1/2 final bosqichiga chiqqan edi. Lekin yurtdoshimiz ushbu bosqichda AQSh vakili Kayl Duglasga 6:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endi, o‘tish bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan kurashchi bilan chempionat sovrini uchun bahs olib boradi.
Fikrlar