
Erik ten Xag to‘rt yulduzni jamoadan haydayapti
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag kelasi mavsum o‘zi foydalanmaydigan futbolchilarni ketkazib, tarkibni tozalash ishlarini davom ettirmoqda.
The Independent nashrining yozishicha, niderlandiyalik murabbiy bu gal to‘rt futbolchi – Harri Maguayr, Fred, Skott Maktominey va Jeydon Sancho ikki hafta ichida jamoadan ketishini talab qilyarti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Maguayrga “Vest Xem” qiziqish bildirmoqda. Biroq, manchesterliklar himoyachini 50 million funtga baholayotgani va o‘yinchining maoshi kattaligi transferga xalaqit qilyapti.
Fred “Fulxem”dan taklif olgan. Maktomineyni “Vest Xem” va “Nyukasl” o‘z safiga chorlamoqda.
Yaqinda Sanchoning agentlari uni “Borussiya”ga qaytarmoqchi bo‘lishdi. Biroq, dortmundliklar sobiq yulduzini olishni istamadi. Jeydonga “Tottenxem” qiziqish bildiryapti.
Fikrlar