Erik ten Xag: Bu hujumchini yo‘qotishni istamayman!

  • 13 avgust, 2022, 15:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa hujumchisi Markus Reshfordga PSJ tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotganiga munosabat bildirdi.

Tecno

Ma’lumki, PSJ ayni paytda bir nafar forvard olishga qaror qilgan va ular angliyalik futbolchiga og‘iz sola boshladi.

- Reshford haqiqatan bizga kerak. Birinchi kundan qanday ishlashini ko‘rdik va undan mamnunman. Men Reshfordni yo‘qotishni istamayman. U rejalarimizdan joy olgan. Markus “Manchester Yunayted”da qoladi, - dedi Erik ten Xag.

Reshford faoliyati davomida klublar miqyosida 317 ta o‘yin o‘tkazib, 98 ta gol va 57 ta assist muallifi bo‘lgan. Uning transferi 60 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!