Erik Ten Xag: "Biz o‘zimiz o‘ylagandek o‘yin namoyish eta olmayapmiz. Sababi..."

  • 23 dekabr, 2023, 20:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 18-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Manchester Yunayted" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "bolg‘achilar" 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Tecno

Mazkur bellashuvdan so‘ng "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik Ten Xag o‘yin haqida batafsil o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Menimcha, vaziyatlardan unumli foydalana olmaganimizni inobatga olmasa, 72 daqiqani munosib o‘tkazdik. Maydonda etakchilikni qo‘lga olishimiz kerak edi, ammo buni eplay olmadik. 

"Vest Xem" gol urgach, ularning kayfiyati ko‘tarildi. So‘ng ular tajovuzkor tarzda himoyalana boshladi. Shundan keyin bizda vaziyatlar yaratishda muammolar yuzaga keldi. 

Biz o‘zimiz o‘ylagandek o‘yin namoyish eta olmayapmiz. Sababi, jarohatlar juda ko‘p. Ular safga qaytsa, vaziyat yana o‘nglanishiga umid qilsak bo‘ladi. Biz xotirjam bo‘lishimiz, birgalikda oldinga harakat qilishimiz lozim. Hammasini birlikda bajarishimiz kerakki, shunda ishlar yana zo‘r holatga keladi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!