Erik ten Hag: "Qaysi o‘rinda bo‘lishimizni keyingi yil may oyida ko‘ramiz"

  • 18 sentabr, 2024, 17:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ning kecha Angliya Liga kubogi doirasida qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabasi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, "qizillar" "Barnsli"ni 7:0 hisobi bilan dog‘da qoldirib, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
 

Tecno

"Liverpulga qarshi mag‘lubiyatdan keyin men xafa bo‘lmadim. Lekin hozir ham nishonlamayman. Klub doimo to‘g‘ri yo‘lda. Mavsum oxirida qaerda ekanimizni may oyida ko‘ramiz. Biz jamoani rivojlantirishimiz kerak.

Bu men va jamoam uchun ajoyib oqshom bo‘ldi. Biz rejalashtirgan hamma narsani bajardik. Ya’ni g‘alaba qozondik va keyingi bosqichga chiqdik. Ajoyib gollar urdik. Shuningdek, yaxshi himoyalandik.

Biz o‘z o‘yin modelimiz ustida ishladik. Shuning uchun xursand bo‘lmoqdamiz”, - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!