
"Eriell Group" xo‘jayini "Surxon" futbol klubini sotib oldi
"Eriell Group", "Enter Engineering" va boshqa ko‘plab bizneslar (jumladan, neft va Samarqanddagi turistik markaz hamda aeroport) egasi Baxtiyor Fozilov Termizning "Surxon" klubining davlatga tegishli ulushini nominal qiymatda (balans) to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib oldi.
Klubning mavjud qarzlari Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan to‘lanadi. Bu haqda "GoSport" nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Fozilovga tegishli kompaniyalar Toshkentning "Humo" xokkey klubiga homiylik qilib kelgandi.
Fikrlar