
Entsoning narxi “Nyukasl”ga muammo bo‘lmoqda
Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida “eng yaxshi yosh futbolchi” sovrini qo‘lga kiritgan Entso Fernandesni Evropaning bir qator grand klublari o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, ular qatorida “Nyukasl” ham bor. Angliya klubining bosh murabiyi argentinalik haqida ayrim savollarga javob berdi.
“Ha men Fernandesni yaxshi bilaman. Ammo menimcha, uning transfer narxi juda baland”, - dedi Eddi Xau.
“Benfika” 21 yoshli yarim himoyachini o‘z tarkibida ko‘rishni xohlayotgan jamaolarga futbolchining tovon puli(120 million evro)ni to‘lashni talab qilmoqda.
Fikrlar