
Enrike uchun kim kuchliroq: Messi yoki Maradona?
Xabaringiz bor, kecha Lionel Messi Argentinaga jahon chempionatining chorak finaliga chiqishga yordam berdi va Diego Maradonani JChdagi gollar soni bo‘yicha ortda qoldirdi.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Argentina futbolining ikki afsonasini solishtirdi.
"Men tushunmayapman, nega odamlar bu savolni qaysarlik bilan berishda davom etmoqdalar. Ikkalasi ham ajoyib futbolchilar va Argentina juda omadli jamoa, chunki u tarixida ikki dahoni etishtirdi.
Maradona bir o‘zi jamoani jahon chempionatida g‘alabalar sari etaklagan noyob futbolchi edi, ammo o‘shandan beri futbol juda o‘zgardi. Bugungi tezkor futbolda bunday ishni qilish ancha qiyin. Men uchun Messi tarixdagi so‘zsiz birinchi raqamli futbolchidir. Chunki u jamoasini turli davrda elkasida olib yurdi", - deydi ispaniyalik murabbiy.
Fikrlar