
Enrike boshqargan klublar hech qachon finallarda mag‘lub bo‘lmagan
Luis Enrike boshqaruvidagi klublar hali hech qachon finallarda mag‘lub bo‘lishmagan.
Ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi PSJ Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ni 5:0 hisobida engib, tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Enrike murabbiy sifatida ishtirok etgan barcha 12 ta klub finalida zafar quchgan. U avvalroq PSJ bilan ikki marta Frantsiya Kubogi va Frantsiya Superkubogini yutgan edi.
"Barselona" bilan esa u uch marta Ispaniya Kubogini, bir marta mamlakat Superkubogini, Chempionlar Ligasi, Evropa Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Enrikening yagona finaldagi mag‘lubiyati 2021 yilda bo‘lgan — u paytda u Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi edi va Liga Millatlarining finalida Frantsiyaga yutqazgandi.
Fikrlar