
Eng zo‘r o‘n hujumchi nomi e’lon qilindi
Buyuk Britaniyaning FourFourTwo nashri ayni paytda jahon futbolida eng kuchli o‘n nafar hujumchi nomini e’lon qildi.
Birinchi o‘rin to‘purarlik borasida rekordlarni urayotgan Harri Keyn bo‘ldi. Angliyalik futbolchi “Bavariya”dagi dastlabki mavsumidayoq o‘z mahoratini namoyish qildi.
Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish hosil qildi:
1. Harri Keyn (“Bavariya”)
2. Kilian Mbappe (PSJ – “Real”)
3. Erling Xoland (“Manchester Siti”)
4. Viktor Osimxen (“Napoli”)
5. Aleksandr Isak (“Nyukasl”)
6. Lautaro Martines (“Inter”)
7. Son Xyon Min (“Tottenxem Xotspur”)
8. Viktor Dyokeresh (“Sporting”)
9. Olli Uotkins (“Aston Villa”)
10. Randal Kolo Muani (PSJ)
Fikrlar