Eng omadsiz murabbiyni grand klublar talashmoqda

  • 29 mart, 2022, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya milliy terma jamoasini yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga olib chiqolmagan Roberto Manchiniga grand klublar ish tiklif qilmoqda.

Tajribali murabbiyning terma jamoadan ketishi haqidagi xabarlar tarqalganidan so‘ng PSJ va “Manchester Yunayted” italiyalik mutaxassisga jamoani boshqarishni taklif qilgan.

Manchini Italiya terma xamoasini 2018 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida terma jamoa o‘tgan yili yozda Evropa chempionatida g‘olib chiqdi. Roberto Manchinining terma jamoani boshqarish bo‘yicha amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan.

Ta’kidlash joizki, italiyaliklar futbol tarixida birinchi bor ketma-ket ikkita jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!