
Eng engil vazn toifasidagi bokschimiz Osiyo chempionatining navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi
BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Ma’lumki, kecha ushbu qit’a birinchligiga start berilgan va ba’zi vakillarimiz o‘zlarining muvaffaqiyatli yurishini boshlab olgandi.
Chempionatning ikkinchi kunidan 8 nafar yurtdoshimizning chiqishi o‘rin olgan va ularning dastlabkisida -49 kg vazn toifasidagi bokschimiz Nodirjon Mirzahmedov ringga ko‘tarildi. Unga iroqlik Xashim Musa raqiblik qildi.
Jang kutilganidek hamyurtimizning ustunligida o‘tdi va haqli ravishda 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga Mirzahmedov yarim final bosqichiga ham yo‘l oldi. Bu bronza naqd deganidir, ammo yurtdoshimiz bundanda yuqorisiga loyiq. Shunday ekan, Nodirjon bu natijani uddallaydi, deb o‘ylaymiz va umid qilamiz!
Oldinda yana 7 nafar vakilimizning chiqishi o‘rin olgan! Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar