Eng badavlat klub o‘yinchi sotib ololmayapti

  • 26 aprel, 2024, 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin eng badavlat klubga aylangan “Nyuksl Yunayted” Angliya Premer-ligasidagi moliyaviy feyr-pley tufayli yangi o‘yinchilarni sotib ololmayapti.

Tecno

Qoidaga ko‘ra, klublarning oxirgi uch mavsumdagi daromad va xarajati tafovuti 150 million evrodan oshmasligi kerak.

Yangi o‘yinchilarni olish uchun “qarg‘alar” tarkibni bo‘shatishi kerak. Chiqish transferlari ro‘yxati shakllantirilmoqda. Birinchi navbatda, “Nyukasl” Migel Almironni Saudiya Arabistoniga pullamoqchi.

Bruno Gimaraesh esa “Manchester Siti”, “Liverpul”, PSJ nishonida turibdi va bu transfer katta daromad manbai hisoblanadi.

Bu transferlardan keladigan mablag‘ evaziga bosh murabbiy Eddi Xau tarkibning muammoli nuqtalari – himoya markazi va yarim himoya chizig‘ini mustahkamlamoqchi.

“Qarg‘alar” olmoqchi bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga Lloyd Kelli (“Bornmut”), Tosin Aderabiyo (“Fulxem”) hamda Yoe Verman (PSV) kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!