
"Energetik-BGU" murabbiyi O‘zbekistonda ish boshlaydi
Belarusning "Energetik-BGU" klubi murabbiy Mixail Eremchuk bilan xayrlashdi.
"Jamoani tark etgan murabbiy o‘rnini mahalliy mutaxassis Sergey Omelyanchuk egallaydi. 40 yoshli Mixail Eremchuk esa yordamchi murabbiy sifatida O‘zbekiston klubida ish boshlaydi", - deya xabar tarqatdi klub matbuot xizmati.
Eremchuk hozircha chempionatimizning qaysi jamoasida ish boshlashi ma’lum emas. Avvalroq, o‘zbekistonlik ikki futbolchi Bobir Abdixoliqov va Shahzod Ubaydullaev "Energetik-BGU" safiga o‘tishga yaqin turganligi haqida yozgandik.
Fikrlar