Endrikning otasi: "O‘g‘lim "Chelsi" bilan shartnoma imzolash arafasida edi..."

  • 11 dekabr, 2023, 15:06
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" "Palmeyras"dan sotib olgan Endrik kelasi mavsumdan madridliklar safiga borib qo‘shiladi. Jamoasi bilan ajoyib mavsumni o‘tkazib, Braziliya chempionatida g‘olib bo‘lgan 17 yoshli hujumchi yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga ham aylandi. Uning otasi avvalroq, Endrikni "Chelsi" sotib olishga harakat qilgani va bu transferga bir qadam qolganida barbod bo‘lgani haqida so‘zlab berdi:

Tecno

"Biz "Chelsi"dan taklif oldik, klub egasi va biz Londonga borgandik. O‘shanda "aristokratlar"ning "Arsenal"ga qarshi o‘yinini tomosha qildik. Shuningdek, klub bazasini aylanib chiqdik, murabbiy, Sesar Aspilikueta, Jorjino va Tiago Silvalar bilan ko‘rishdik. Keyin bizni bir odam yangi uyimiz, Endrik qatnaydigan maktabni ko‘rsatdi. Hammasi joyida edi. Ammo shartnomalarga hali qo‘l qo‘yilmagandi. Bir kun kechasi o‘g‘limning agenti telefon qilib, "Chelsi" bu transferdan voz kechganini aytdi. Sababi, ikki yildan so‘ng "aristokratlar" safiga kelib qo‘shiladigan futbolchi uchun ular 60 million evro xarajat qilishni istamadi. Keyin esa "Real" aloqaga chiqdi...", - dedi hujumchining otasi Duglas Sousa

Braziliyadan iqtidorlarni topib, ular bilan shartnoma imzolashni yoqtiradigan "Real" bundan oldin Vinisius va Rodrigoni xarid qilgandi. Ular ayni paytda jamoaning eng muhim a’zolariga aylanib bo‘ldi. Man shunday futbolchilar orasiga endi Endrik ham qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!