Endi u Gvardiolaga kerak emas!

  • 26 yanvar, 2021, 23:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yoshi o‘tib borayotgan va jarohatlardan aziyat chekayotgan Serxio Agueroning yozda tugaydigan shartnomasini yangilamaydigan bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” 32 yoshli futbolchining erkin agent sifatida boshqa jamoaga ketishiga yo‘l qo‘yib beradi. Klub hozirdan argentinalik hujumchiga jamoa qidirmoqda.

“Manchester Siti” tarixida eng ko‘p gol urgan Aguero joriy mavsumda atigi beshta uchrashuvda maydonga tushib o‘zini ko‘rsata olmadi.

Agueroga PSJ ustozi Maurisio Mochettino qiziqayotganini ta’kidlash joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!