
Endi Ruis Joshuaga qarshi revanshda yutsa, navbatdagi raqibi kim bo‘ladi...Uaylder, Fyuri yoki Usik?
WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi chempion Endi Ruic Aleksandr Usikning og‘ir vazn toifasidagi debyuti haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Usik juda yaxshi jangchi. U WBO chempionlik kamariga da’vogar va men Joshuani revanshda mag‘lub etganimdan so‘ng, unga imkoniyat beraman.
Uning Uizerspungga qarshi jangi ajoyib bo‘ldi deb ayta olmayman. Albatta, Chazzga xurmatsizlik qilmoqchimasman. Shunday bo‘lsada, Aleksandr ajoyib bokschi ”,- dedi Ruis.
12 oktyabr kuni, Usik og‘ir vazndagi debyutida Chaz Uizerspungni ettinchi raundda texnik nokaut bilan yutgan edi.
Fikrlar